Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahar hokimligida "Ochiq eshiklar kuni"
14:38 / 2025-12-11

Toshkent shahar hokimligida hokimlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish va fuqarolar bilan samarali muloqotni kuchaytirish maqsadida "Ochiq eshiklar kuni" bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan eng global muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.

Tadbir davomida hokimlik mas’ul xodimi Shuhrat Turdiqulov  korrupsion holatlarning oldini olish borasida qilingan chora-tadbirlar xususida ma’lumot berdi.

Shuningdek, tadbirda "Open Data Tashkent"  platformasi va hokimlik veb-saytida aholi uchun yaratilgan yangi xizmatlar haqida ma’lumotlar berildi.

Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutasaddilar ochiq va batafsil javob qaytardi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA