Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahar hokimligi ilgari kiritilgan cheklovlarni bekor qildi
13:34 / 2023-01-26

Toshkent shahar hokimligining ma’lum qilishicha, mamlakatda kuzatilgan anomal sovuq ob-havo munosabati bilan Toshkent shahar hokimligi shahardagi barcha savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ko‘ngilochar savdo markazlari va istirohat bog‘larini vaqtincha qisqartirilgan ish rejimiga o‘tkazish tavsiya qilingan edi. Oziq-ovqat do‘konlari va umumiy ovqatlanish korxonalari bundan mustasno. Bu aholini elektr energiyasi va gaz bilan to‘liq ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

Ayni paytda havo haroratining oshishi va vaziyat barqarorlashgani munosabati bilan poytaxt hokimligi tomonidan yuqoridagi barcha korxonalarning odatdagidek ishlashiga ruxsat berildi.  

 

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA