Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahar hokimiligi tadbirkorga 7 milliard soʻm toʻlaydi
18:01 / 2019-04-22

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi xususiy korxonaga tegishli boʻlgan mol-mulkning davlat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi bilan bogʻliq boʻlgan arizani koʻrib chiqdi.


Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi xususiy korxonaga tegishli boʻlgan mol-mulkning davlat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi bilan bogʻliq boʻlgan arizani koʻrib chiqdi.

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati maʼlum qilishicha, davlat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan mol-mulk evaziga Toshkent shahar hokimligi tomonidan tadbirkorga Chilonzor va Mirzo Ulugʻbek tumanlarida joylashgan binolar berilgan. Lekin ekspertlar baholashiga muvofiq, olib qoʻyilgan mol-mulk qiymati 12,5 milliard soʻmdan koʻproq boʻlgan, oʻrniga taqdim etilayotgan inshootlarning umumiy qiymati esa 5,2 milliard soʻm atrofida.

Ushbu munosabat bilan Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan xususiy kompaniya manfaatlarini himoya qilish maqsadida Toshkent shahar hokimligidan 7,2 milliard soʻm undirish haqida qaror chiqargan.

Toshkent shahar tumanlaroaro iqtisodiy sudi tomonidan Savdo-sanoat palatasi qarori toʻliq tasdiqlangan.

Toshkent shahar hokimligi OOO SMILE HEALTHY CHILDREN kompaniyasiga 7,2 milliard soʻm toʻlov amalga oshirishi kerak boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada ham shunga oʻxshash voqea sodir boʻlgan edi. Sud aralashganidan soʻng poytaxt hokimiyati Universal Plast Montaj Engineering kompaniyasiga olib qoʻyilgan yer mulki uchun tovon puli toʻlashga majbur boʻlgandi.