Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahar hokimi: yoshlarning muammo va takliflari e’tiborsiz qolmaydi
13:05 / 2020-12-18

Poytaxtimizdagi Kongress xoll majmuasida Toshkent shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Poytaxt yoshlari” festivaliga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda festivalning maqsad va vazifasi, o‘tkaziladigan tadbir va loyihalar haqida ma’lumot berildi.

– Mazkur festivaldagi ishtirok etgan har bir yoshning muammo va takliflari inobatga olinadi, – dedi Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayev. – Ularning birorta ham taklifini e’tiborsiz qoldirmaslikka harakat qilamiz. Yoshlar haftaligi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda yoshlarning ishtirokini yanada faollashtirish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga ko‘maklashish, eng iqtidorli yigit-qizlarni saralash, ularni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilmoqda. Yoshlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olsak, o‘ylaymanki, oldimizga qo‘ygan maqsadga erishamiz.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Chilonzor tumaniga tashrifi davomida berilgan topshirig‘i asosida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo‘yicha Toshkent shahar namunasi yaratilmoqda.

Poytaxtimizda joriy yilning 20 noyabridan 20 dekabriga qadar “Yoshlar oyligi” e’lon qilinib, yoshlarning taklif va istaklarini o‘rganish, ularning muammolarini hal etishga ko‘maklashish, uyushmagan yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish va ularni ish bilan ta’minlash, madaniyat, san’at, kitobxonlik, axborot texnologiyalari to‘garaklari hamda sport va harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi tadbirlarga jalb etish kabi yo‘nalishlarda tadbirlar tashkil etildi. bugungi kungacha oylik doirasida umumta’lim maktablari, madaniyat markazlari, teatr, muzey va sport ob’ektlarida 326 mingdan ortiq yoshlar ishtirokida 2 ming 300 dan ortiq madaniy-ma’rifiy, targ‘ibot va sport tadbirlari o‘tkazildi.

Yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan taklif va tashabbuslardan kelib chiqib, Toshkent shahrining barcha tumanlari kesimida yoshlar bilan “mahallabay” ishlashga asoslangan chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqildi.

Shahnoza MAMATUROPOVA, O‘zA