18-21 dekabr kunlari poytaxtda ilk marotaba «Toshkent yoshlar forumi - 2020» o‘tkazilishi kutilmoqda.
Forumda hukumat a’zolari va yoshlar uchrashuvi o‘tkazilib, ular o‘zaro ochiq muloqotga kirishishi rejalashtirilgan. Muloqotlarda 5 mingga yaqin yoshlar o‘z sohalarida taklif va taqdimotlar bilan qatnashadi.
Tadbirda «Yoshlar va gender tengligi» mavzusidagi taqdimotlari, maxsus effektlardan foydalanish bo‘yicha master-klass, «Debyut» – qisqa metrajli filmlar namoyishi o‘tkaziladi. Shuningdek, O‘zbekistonda yoshlar turizmini rivojlantirishga qaratilgan «Yangi Toshkent» foto va videoroliklar tanlovi sovrindorlarining ko‘rgazmasi va "Humo Arena« muz saroyida esa »Street workout" musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Forum yakunida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham o‘z taqdimoti bilan qatnashishi va Toshkent yoshlarining respublika yoshlariga murojaati o‘qib eshittirilishi kutilmoqda.