Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahar bosqichi gʻoliblari aniqlandi
20:35 / 2019-08-20

Temuriylar tarixi davlat muzeyida “Temur tuzuklari bilimdoni” koʻrik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi boʻlib oʻtdi.


Temuriylar tarixi davlat muzeyida “Temur tuzuklari bilimdoni” koʻrik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Ichki ishlar, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, DXX chegara qoʻshinlari, Davlat bojxona qoʻmitasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda poytaxtimizda joylashgan 48 harbiy qism va muassasalardan eng yuqori ballni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar oʻzaro bellashdi.

Tanlovdan koʻzlangan asosiy maqsad Qurolli Kuchlar tizimidagi yosh harbiy xizmatchilarning maʼnaviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirish, milliy merosimizning tarixiy ildizlarini oʻrganish hamda tahlil qilishdir. Shuningdek, buyuk sarkarda Amir Temur va temuriylar tarixini chuqur oʻrganish, xalqimizga xos bunyodkorlik, vatanparvarlik, halollik, fidoiylik singari ezgu gʻoyalarni yoshlar orasida keng targʻib qilishdan iborat.

Tanlovda yosh harbiylar Amir Temurning harbiy saboqlari shartida Sohibqiron bobomizning harbiy sohadagi mahoratiga oid tuzuklarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini sharhlab berdi. Amir Temur oʻgitlari bilimdoni shartida hakamlar hayʼati tomonidan tavsiya etilgan oʻgitlar mazmun-mohiyati aytildi.

Eng yuqori ballni qoʻlga kiritgan Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursanti Lochinbek Hamroqulov tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.