Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi alohida yo‘lovchi tashish temir yo‘l qurilishi muhokama etildi
17:07 / 2025-04-10

Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov Janubiy Koreyaning Yer, infratuzilma va transport vaziri o‘rinbosari Jin Xvan bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki mamlakatning temir yo‘l va avtomobil transporti sohasidagi hamkorligi, xususan, Koreyaning "Hyundai Rotem" kompaniyasidan 6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi yo‘lovchi elektropoyezdlarini xarid qilish hamda “Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida yuqori tezlikdagi alohida yo‘lovchi tashish temir yo‘lini qurish loyihasini muhokama etishdi.

Uchrashuv davomida J.Xvan Inchxon xalqaro aeroportini rivojlantirish tajribasiga to‘xtalib o‘tdi hamda Koreya davlat korporatsiyasining Urganch aeroportini modernizatsiya qilishda ishtirok etishga qiziqish bildirdi.

Shuningdek, Koreya tomoni 2024 yil oktyab oyida Toshkent shahri uchun "aqlli shahar" bosh rejasini ishlab chiqish yakunlangani va “aqlli avtobus” tizimini yaratish bo‘yicha loyiha ustida ishlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgani haqida ma’lumot berdi.

Tomonlar Koreyaning "Official Development Assistance" rivojlanishga rasmiy yordam dasturi doirasidagi potensial hamkorlikning kelgusida yo‘nalishlarini muhokama etishdi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA