English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent – Samara yo‘nalishida yo‘lga chiqqan poyezd Shalqar stansiyasiga yetib bordi (video)
18:22 / 2022-06-24

Kuni kecha «Toshkent – Samara – Toshkent» yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdining harakatlanishi boshlangani haqida xabar bergan edik.

Mazkur poyezd ayni paytda Qozog‘iston Respublikasining Shalqar stansiyasiga yetib bordi. Manzilgacha yana 24 soat vaqt qolgan. Bu haqda muxbirimiz xabar berdi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/M7wBlQaHi0k" title="Toshkent – Samara yo‘nalishida yo‘lga chiqqan poyezd Shalqar stansiyasiga yetib bordi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozim, enda bu yo‘nalishdagi poyezd har payshanba kuni soat 19:05da «Toshkent» markaziy temir yo‘l vokzalidan jo‘nab, shanba kuni soat 18:14da «Samara» temir yo‘l vokzaliga yetib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdan Samaragacha temir yo‘l orqali bo‘lgan masofa 2 ming 271 kilometrni tashkil etadi.

Nozimbek Mardonov, O‘zA