“Toshkent” Respublika fond birjasi emitent kunini oʻtkazadi
Joriy yilning 4 aprel kuni Toshkent xalqaro biznes-markazida “Toshkent” Respublika fond birjasi tomonidan Oʻzbekiston fond bozori tarixida ilk bor Emitent kuni oʻtkaziladi.Tadbir mamlakatimiz fond birjasida qimmatli qogʻozlari faol sotilayotgan aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga bagʻishlanadi.
Joriy yilning 4 aprel kuni Toshkent xalqaro biznes-markazida “Toshkent” Respublika fond birjasi tomonidan Oʻzbekiston fond bozori tarixida ilk bor Emitent kuni oʻtkaziladi.Tadbir mamlakatimiz fond birjasida qimmatli qogʻozlari faol sotilayotgan aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga bagʻishlanadi.
“Toshkent” Respublika fond birjasidan olingan maʼlumotlarga koʻra, tadbir dasturiga qimmatli qogʻozlar bozorining ekspertlari, faol ishtirokchilarining maʼruzalari va emitentning moliyaviy faoliyat, strategik rejalar va qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalariga bagʻishlangan taqdimoti kiritilgan.
Taʼkidlash joizki, bunday formatdagi tadbir koʻplab xorijiy fond birjalarida sarmoyadorlar, mutaxassislar, investitsiya vositachilari va ularning mijozlari, shuningdek, bozor tahlilchilarini emitentga jalb etish maqsadida keng qoʻllaniladi.
Emitent kuni bagʻishlanadigan ilk emitent “Kvars” aksiyadorlik jamiyati boʻladi. Chunki aynan mazkur jamiyatmamlakatimiz tarixida birinchilardan boʻlib, oʻz aksiyalarini ommaviy ravishda joylashtirdi (IPO). Bu esa fond bozoridagi savdolarni faollashtirishda muhim omil boʻlib xizmat qildi. Shu tariqa joriy yilning 4 aprel kuni“Kvars” aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining mamlakatimiz fond birjasiga chiqarilganiga bir yil toʻladi.
Kelgusida “Toshkent” Respublika fond birjasi emitentlar vainvestitsiya sarmoyadorlari ishtirokida bu kabi tadbirlarni muntazam oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Bu emitentning yangi aksiyadorlar vasalohiyatli sarmoyadorlar bilan oʻzaro munosabatlarinirivojlantirishda muhim turtki boʻladi.
Emitent – oʻz nomidan va oʻz faoliyati doirasida qimmatli qogʻozlar yoki toʻlov vositalarini muomalaga chiqaradigan yuridik shaxs yoki davlat ijro yoxud mahalliy hokimiyat organidir. Emitent ushbu qimmatli qogʻozlar egalarining huquqlarini taʼminlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.Emissiya – bu davlat tomonidan ham pul belgilarinichiqarish, ham banklar tomonidan turli toʻlov tizimlari plastik kartalarini tarqatishni oʻz ichiga oladigankengqamrovli tushunchadir.