French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Toshkent quvonchlari” g‘oliblari aniqlandi
13:00 / 2020-12-22

Badiiy akademiyaning Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida “Toshkent quvonchlari” VIII xalqaro bolalar rasmlari biyennalesining tantanali yakuniy marosimi bo‘lib o‘tdi.

Avval xabar berganimizdek, shu yilning 15- 20 dekabr kunlari poytaxtimiz mezbonlik qilgan ushbu biyennalega yuborilgan bolalar ishlari  hay’at a’zolari tomonidan 3 guruhga ajratilib baholandi.

Xususan, 5 yoshdan 7 yoshgacha, 8 yoshdan 12 yoshgacha,13 yoshdan 15 yoshgacha. Shunga ko‘ra, g‘oliblar  1 ta gran- pri, 7 ta oltin, 7 ta kumush, 7 ta bronza medallari bilan taqdirlanishdi.

Eng yuqori mukofot  – Gran-priga  qozog‘istonlik 12 yoshli Viktoriya Belitskayaning ishi munosib topildi.

Raisa Rozanova(Polsha),Manar Mansor Al Salimi(Ummon),Kochafan Suantan(Tailand),Yuliya Zelenik (Belarus),Odina Raimqulova (O‘zbekiston),Amina Sharip(Qozog‘iston),Mariya Seryodkina(Rossiya) oltin; Yelizaveta Kostil(O‘zbekiston),Aleksandr Min(O‘zbekiston),Darina Menshova(Rossiya),Medini Sagaliyeva(Qirg‘iziston),Behruz Tohirov (O‘zbekiston),Chjou Mo (Xitoy), Ogulniyoz Orazmuhammedova(Turkmaniston) kumush; Puncharas Yutrirak( Tailand),Risola Rashidova( O‘zbekiston),Azizbek Abdulhamidov( O‘zbekiston),Sarbinaz Jenisbayeva(Qoraqalpog‘iston),Aysha Kenesbek (Qozog‘iston),Alyona Kremenskaya(Belarus),Elyor Mirvaliyev(O‘zbekiston) bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

Shuningdek, tanlovda bolalarning tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishini orttirish va ularni qo‘llab- quvvatlash maqsadida  30 nafar ishtirokchiga esdalik medallari topshirildi. Barcha ishtirokchilarga esa sertifikatlar taqdim etildi.

Shu bilan “Toshkent quvonchlari” VIII xalqaro bolalar rasmlari biyennalesi o‘z ishini yakunladi.

[gallery-528]

Gulnoza Boboyeva, O‘zA