Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Toshkent quvonchlari" biyennalesi g‘oliblari taqdirlandi
10:19 / 2022-12-24

Poytaxtimizda “Toshkent quvonchlari” IX Xalqaro bolalar rasmlari biyennalesining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, xalq rassomi Akmal Nuriddinov yoshlarning ijodiy-intellektual salohiyatini yuksaltirishga oid ko‘plab qiziqarli loyihalar amalga oshirib kelinayotganini ta’kidladi.  

Ular orasida “Toshkent quvonchlari”  IX  Xalqaro bolalar rasmlari biyennalesi o‘ziga xos o‘rin tutadi.  

Ma’lumki,  "Toshkent quvonchlari" IX  Xalqaro bolalar rasmlari biyennalesiga 19 dekabr kuni start berilgan edi.  

Hay’at a’zolari 5 kun mobaynida bolalar tomonidan ishlangan  rasmlarni baholadilar.  

Albatta, 2500 dan ortiq ishlar orasidan g‘oliblarni tanlash oson bo‘lmadi. Ushbu rasmlarda dunyoning turli mamlakatlari o‘g‘il-qizlarining  orzulari, qiziqishlari, ona Vatani, oilasiga bo‘lgan muhabbati aks etgani, umuman bolalarning borliqni, dunyoni qay tarzda idrok etishi  suratlar vositasida yana bir karra namoyon bo‘ldi.  

"Toshkent quvonchlari"  IX Xalqaro bolalar biyennalesi eng yuqori mukofoti – Gran-priga  Jizzax ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o‘quvchisi, 13 yoshli  Marjona Annaqulova sazovor bo‘ldi.  

Shuningdek, biyennalening turli davlatlardan ijodiy ishlar yuborgan bir guruh ishtirokchilari oltin, kumush, bronza medallari, esdalik tangalari, sertifikatlar bilan taqdirlandi.  

Bolalar rasmlari xalqaro biyennalesi yakunlandi. Lekin mamlakatimizda bolalardagi iste’dodni qo‘llab-quvvatlash izchil  davom etmoqda.  

 N.Usmonova, O‘zA