Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent Qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodining 11 mlrd. soliq qarzi sabab 10 ta avtotexnikasi xatlandi
15:56 / 2021-05-04

Mirzo Ulug‘bek tumani MIB bo‘limiga, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo DSIning qarorlariga asosan qarzdor «Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi» AJdan undiruvchi DSI foydasiga 11 mlrd. 680 mln. 702 ming 771 so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi qarorlari davlat kelib tushgan.

Yuqoridagi ijro hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonunining 25–moddasiga ko‘ra, Byuroning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, mazkur ijro hujjatlari amaldagi qonunning 251–moddasiga asosan birlashtirilgan.

Bundan tashqari, qarzdorga tegishli mol-mulklarni aniqlash va ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi qonunining 87-moddasi talablariga muvofiq so‘rovnomalar yuborilgan.

Qarzdor qarzini to‘lamaganligi sababli DSI xodimlari xolislar ishtirokida qarzdorning manziliga chiqib 10 ta paxta terish uchun mo‘ljallangan har biri 1 mlrd. 275 mln. so‘mga baholangan yangi avtotexnikalari aniqlangan.

B  o‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdor «Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi» AJning nomida mulkiy huquq asosida rasmiylashtirilgan qarzdorlikni undirish maqsadida xolislar ishtirokida mol-mulklar ko‘zdan kechirilib, xatlanib band solindi.

Vaqtincha saqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi JKning 233-moddasi bilan ogohlantirilib, «Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi» AJning xodimiga huquq va majburiyatlari tushuntirilib topshirildi.

Mazkur qarzdorlik to‘lanmagan taqdirda avtotexnikalar baholanib, auksion orqali sotilib, sotuvdan tushgan pul mablag‘lari davlat foydasiga o‘tkazilishi haqida ogohlantirilgan.