Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Toshkent-Qarshi-Toshkent» yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdlari qatnovi yana 1 taga ko‘paydi
16:55 / 2022-06-27

Yo‘lovchilarga temiryo‘l transportida xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini yanada oshirish maqsadida 2022 yil 8 iyul sanasidan boshlab, haftaning har juma, shanba va yakshanba kunlari «Toshkent-Qarshi-Toshkent» yo‘nalishida 780/779-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

“Oʼztemiryoʼlyoʼlovchi” AJ ma’lum qilishlaricha, harakat jadvaliga ko‘ra «Toshkent- Qarshi» yo‘nalishida qatnovini amalga oshiradigan 780-sonli “Afrosiyob” zamonaviy elektropoyezdi har haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari soat 07:00 da Toshkent Markaziy vokzalidan;

«Qarshi-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanadigan 779-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi esa Qarshi vokzalidan soat 15:25 da qatnovini amalga oshiradi.

Shu bois, 2022 yil 8 iyul sanasidan boshlab, bugungi kunda «Toshkent-Samarqand-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan 764/763-sonli hamda «Toshkent-Buxoro» yo‘nalishida harakatlanyotgan 770-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdlarining harakat jadvaliga ham o‘zgartirish kiritiladi.

Unga ko‘ra, «Toshkent-Samarqand» yo‘nalishida harakatlanadigan 764-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi har kuni soat 08:30 da Toshkent Markaziy vokzalidan,

«Samarqand-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan 763-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi soat 16:15 da Samarqand vokzalidan,

«Toshkent-Buxoro» yo‘nalishida harakatlanadigan 770-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi esa soat 08:56 da Toshkent Markaziy vokzalidan qatnovini amalga oshiradi.

Yuqoridagi “Afrosiyob” elektropoyezdlari harakati yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan, 2022 yil 10 iyul kunidan boshlab haftaning xar yakshanba kuni «Toshkent-Samarqand-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan 768/767-sonli “Afrosiyob” elektropoyezdi qatnovi to‘xtatiladi.

Izoh: Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

O‘zA