Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi 
18:09 / 2024-01-23

Har bir ta’lim muassasasi jahon standartlari va mezonlariga mos bo‘lishi zamon talabi bo‘lib bu kadrlarni xalqaro miqyosda tan olinishida muhim hisoblanadi. 

Mamlakatimizda barcha sohalar kabi ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida ham o‘zimizga xos va mos yo‘lni topishga ko‘proq e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro darajada ega kadrlarni tayyorlash zarurati davlatimiz ta’lim siyosatida muhim o‘rin tutmoqda. 

Xususan, ECAQA mustaqil akkreditatsiya va reyting agentligi tashqi ekspert komissiyasi Toshkent pediatriya tibbiyot institutining ta’lim faoliyati sifatini jahon standartlari va mezonlariga muvofiqligini baholadi va institut xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi. 

Shuningdek, institutining akademik faoliyati baholanishi natijasida “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” ta’lim dasturlari 5 yil muddatga xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tkazildi, deyiladi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ma’lumotida. 

Baholash doirasida agentlik mutaxassislari institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va talabalari, ish beruvchilar hamda bitiruvchilari bilan suhbatlar o‘tkazib, tashkiliy tuzilma va o‘quv jarayoni darajasini o‘rganishdi.

Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ta’lim va xizmatlarning sifati, ularning xalqaro talablarga muvofiqligi kafolatlarini tasdiqlaydi hamda institutning akademik jozibadorligini, manfaatdor tomonlarning ta’lim dasturlari samaradorligiga bo‘lgan ishonchini oshiradi. 

Akkreditatsiyadan o‘tganlik holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar TTTXF (The WFME Portal) bazaviy tibbiy ta’limning akkreditatsiya qilingan ta’lim dasturlari portalida, shuningdek, ekspert komissiyasining hisobotlari, guvohnomalar va akkreditatsiya Kengashining qarori Oliy ta’lim sifati bo‘yicha Osiyo-tinch okeani reyestri (DAQAR) va ECAQA veb-saytiga joylashtiriladi. 

M.Madaminova tayyorladi, O‘zA