Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Toshkent – Ostona – Toshkent" yo‘nalishidagi parvozlar jadvali 8 avgustga qadar majburiy o‘zgartiriladi
12:23 / 2023-07-17

Ostona xalqaro aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagida ta’mirlash ishlari munosabati bilan "Uzbekistan Airways"ning Toshkent – Ostona va Ostona – Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha parvozlar jadvalida majburiy o‘zgartirish bo‘ladi.

Bu haqda Milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Ma’lum qilinishicha, 2023 yil 8 avgustga qadar "Toshkent – Ostona – Toshkent" yo‘nalishida qatnovlar quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:  

Dushanba, seshanba, payshanba va shanba kunlari:    

Toshkentdan uchish: 19:30 (Toshkent vaqti bilan)    

Ostonaga yetib kelish: 22:30 (Ostona vaqti bilan)    

Ostonadan uchish: 23:35 (Ostona vaqti bilan)    

Toshkentga yetib kelish: 00:35 (Toshkent vaqti bilan).  

Juma kunlari esa:    

Toshkentdan uchish: 06:55 (Toshkent vaqti bilan)    

Ostonaga yetib kelish: 09:55 (Ostona vaqti bilan)    

Ostonadan uchish: 11:00 (Ostona vaqti bilan)    

Toshkentga yetib kelish: 12:00 (Toshkent vaqti bilan).  

 

O‘zA