Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent Osiyo va jahon chempionatlariga mezbonlik qiladi
12:01 / 2021-04-15

Poytaxtimizdagi “Saxovat sport servis” majmuasida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati hamda o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati tashkiliy ishchi guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov olib borgan yig‘ilishda O‘zbekiston Turizm va sport vazirligi, og‘ir atletika federatsiyasi mutasaddilari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Har ikkala nufuzli musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish, musobaqa ishtirokchilari, sport delegatsiyalari hamda martabali mehmonlarni yuqori saviyada kutib olish, pandemiya sabab yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda musobaqalar karantin qoidalari asosida o‘tkazilishini nazorat qilish, musobaqalarning yuksak darajada yoritilishi kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, ushbu musobaqalar “Tokio-2020” Olimpiya o‘yinlariga litsenziyalar taqdim etishi bois, dunyoning sara atletlari ishtirok etishi ta’kidlandi. Shu sababli ham har bir musobaqa barchadan katta mas’uliyat talab qilishi, qayd etilgan natijalarni aniq va shaffof tarzda namoyish etish haqida to‘xtalib o‘tildi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA