Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent-Omsk yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
11:59 / 2020-02-11

Joriy yilning 15 fevralidan boshlab Toshkent-Omsk yo‘nalishida avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.


Joriy yilning 15 fevralidan boshlab Toshkent-Omsk yo‘nalishida avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabar bergan.

Qatnovlar haftaning seshanba va shanba kunlariga belgilangan. Mazkur yo‘nalishda “Uzautotrans Service” korxonasining avtobuslari xizmat ko‘rsatadi va 2200 km. masofani 32 soatda bosib o‘tadi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha chipta narxi 450 ming so‘m etib belgilangan.

Ushbu yo‘nalish bo‘ylab ilk avtobus 15 fevral kuni soat 18:00 da “Toshkent” avtovokzalidan Omsk shahrining “Kamarova” avtovokzali tomon harakatlanishni boshlaydi.