Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Toshkent – Moskva – Toshkent" yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi 
14:17 / 2024-09-25

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, qariyb 4 yarim yillik tanaffusdan so‘ng "Toshkent – Moskva – Toshkent" yo‘nalishida poyezdlar harakatini amalga oshirish uchun “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ da ishlab chiqarilgan zamonaviy, xalqaro talablarga to‘liq javob beradigan, kupe va platskart vagonlar hamda vagon-restoran ajratildi.

505-sonli Toshkent – Moskva poyezdi Qozog‘iston Respublikasining 17 ta, Rossiya Federatsiyasining 11 ta temir yo‘l vokzalidan o‘tib, joriy yil 27 sentyabr kuni soat 23:12 da Moskvadagi “Paveletskiy” temir yo‘l vokzaliga yetib boradi. 

506-sonli Moskva – Toshkent poyezdi esa 28 sentyabr kuni soat 05:40da “Paveletskiy” vokzalidan harakatini boshlaydi. Ushbu xalqaro yo‘nalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar tashkil etilgan. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA