Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent metrosida kaft orqali to‘lov tizimi joriy qilindi
22:20 / 2025-12-23

Toshkent metropolitenida endi yo‘lovchilar kaft orqali to‘lov amalga oshirishlari mumkin. Bu uchun bekatlarda o‘rnatilgan infokiosklar orqali bir marta ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi ma’lum qildi.

Hozirgi kunda 29 ta bekatda infokiosklar faoliyat yuritmoqda. Shu bekatlardagi 71 ta turniketda kaft orqali to‘lov imkoniyati yaratilgan. Yangi tizim yo‘lovchilar orasida sekin-asta kengayib bormoqda.  

Agar bir kunda bir millionga yaqin yo‘lovchi tashilsa, ularning 3-4 foizi kaft orqali to‘lovdan foydalanishi mumkin. Yangi tizim joriy etilgandan so‘ng kassa oldidagi navbatlar kamaygan.

Qolgan 21 ta stansiyada bu tizim 2026 yilda joriy qilinishi rejalashtirilgan.

Yo‘lovchilar MyID PalmPay orqali to‘lov tizimidan foydalanishi uchun 16 yoshdan katta bo‘lib, shaxsiy ID karta yoki pasportga ega bo‘lishi kerak. To‘lov faqat ro‘yxatdan o‘tgan shaxs nomiga amal qiladi. Agar yo‘lovchi bilan hamrohlar bo‘lsa, ularga alohida to‘lov amalga oshiriladi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA