Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent metropolitenining yer usti yo‘li bekatlariga nom berildi (+video)
18:03 / 2023-08-10

“Toshkent metropolitenining yer usti yo‘li bekatlariga nom berish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (349-son, 09.08.2023 y.)qabul qilindi. Unga muvofiq, Toshkent metropoliteni “O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi” yer usti metro halqa yo‘lining “Do‘stlik – Qo‘yliq” yo‘nalishidagi  1-14 gacha bo‘lgan bekatlari hamda “Chilonzor” yo‘lining “Olmazor – Sergeli” yo‘nalishidagi 1-5 gacha bo‘lgan bekatlari (jami 19 ta)ga nom berildi.

Unga ko‘ra, “Do‘stlik – Qo‘yliq” yo‘nalishidagi: 

1-bekat — Texnopark; 

2-bekat — Yashnabod; 

3-bekat — Tuzel; 

4-bekat — Olmos; 

5-bekat — Rohat, 

6-bekat — Yangiobod; 

7-bekat — Qo‘yliq; 

8-bekat — Matonat; 

9-bekat — Qiyot; 

10-bekat — Tolariq; 

11-bekat — Xonobod; 

12-bekat —Quruvchilar; 

13-bekat — Turon; 

14-bekat — Qipchoq deb nomlandi.

Shuningdek, “Chilonzor” yo‘lining “Olmazor – Sergeli” yo‘nalishi 1 dan 5 gacha bo‘lgan bekatlari esa quyidagicha nomlandi: 

1-bekat — Choshtepa; 

2-bekat — O‘zgarish; 

3-bekat — Sergeli; 

4-bekat — Yangihayot; 

5-bekat — Chinor. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/6QdSEjnqUEw" title="Toshkent metropolitenining yer usti yo‘li bekatlariga nom berildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

M.Eshmirzayeva, N.Abduvoitov, O‘zA