Toshkent metropolitenining yer usti yo‘li bekatlari qanday nomlanishi ma’lum bo‘ldi
Hukumatning joriy yil 9 avgustdagi “Toshkent metropolitenining yer usti yo‘li bekatlariga nom berish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Toshkent metropoliteni “O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yilligi” yer usti metro halqa yo‘lining “Do‘stlik – Qo‘yliq” yo‘nalishi 1–14 bekatlariga, “Chilonzor” yo‘lining “Olmazor – Sergeli” yo‘nalishi 1–5 bekatlariga (jami 19 ta bekat) nom berildi.
Hujjatga ko‘ra:
"Do‘stlik-Qo‘yliq" yer usti metro yo‘nalishi:
1-bekat — Texnopark
2-bekat — Yashnobod
3-bekat — Tuzel
4-bekat — Olmos
5-bekat — Rohat
6-bekat — Yangiobod
7-bekat — Qo‘yliq
8-bekat — Matonat
9-bekat — Qiyot
10-bekat — Tolariq
11-bekat — Xonabod
12-bekat — Quruvchilar
13-bekat — Turon
14-bekat — Qipchoq
“Olmazor – Sergeli” yo‘nalishi:
1-bekat — Choshtepa
2-bekat — O‘zgarish
3-bekat — Sergeli
4-bekat — Yangihayot
5-bekat — Chinor deb nomlandi.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA