Toshkent metropolitenining Mirzo Ulug‘bek bekatida noma’lum erkak o‘zini poyezd tagiga tashladi
Bugun soat 21:00 da Toshkent metropolitenining Mirzo Ulug‘bek bekatida noma’lum shaxs (erkak) o‘zini poyezd tagiga tashlagani sababli «Chilonzor» yo‘nalishining bir tomonlama qismi vaqtincha harakatdan to‘xtatildi, deb xabar bermoqda «Toshkent metropoliteni».
Holat yuzasidan batafsil ma’lumot dastlabki surushtiruv ishlari yakuniga yetgach ma’lum qilinadi.
O‘zA