Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent Markaziy Osiyo xalqlari ilmiy muloqoti maydoniga aylandi
15:02 / 2025-11-14

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida davom etayotgan “Markaziy Osiyo: umumiy ma’naviy-ma’rifiy meros – umumiy kelajak” mavzusidagi xalqaro kongress dasturidan tarix, madaniyat, adabiyot, kino, raqamli texnologiya va diniy-ma’rifiy sohalarni qamrab olgan qator muhim uchrashuv va forumlar o‘rin olgan.

Masalan, Markaziy Osiyo tarixchilari II forumida mintaqaning umumiy tarixiy ildizlari, manbashunoslik va arxeologiya sohasidagi qo‘shma tadqiqotlar, moddiy va ma’naviy merosni o‘rganish masalalari muhokama qilindi.

“Ulug‘ o‘tmish – ulug‘ kelajak” rassomlar uchrashuvida esa qardosh xalqlar badiiy merosining o‘xshash jihatlari, zamonaviy san’at tendensiyalari va ijodiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dolzarb fikrlar almashildi.

[gallery-26254]

“Adabiy do‘stlik – abadiy do‘stlik” muloqotida tarjima maktabini tiklash, adabiy aloqalarni kuchaytirish va yosh yozuvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Kino forumida hujjatli va tarixiy filmlarda madaniy qadriyatlarni targ‘ib qilish, sohada mintaqaviy hamkorlik ko‘lamini kengaytirish yuzasidan takliflar o‘rtaga tashlandi.

“Islom qadriyatlarini asrab-avaylash” forumida diniy-ma’rifiy merosni saqlash, zamonaviy diniy ta’limni takomillashtirish va yoshlarda bag‘rikenglikni mustahkamlash masalalari ko‘tarildi.

“Yoshlar va raqamli davr” sho‘’ba yig‘ilishida esa sun’iy intellekt texnologiyasini madaniy merosni raqamlashtirishda qo‘llash, yoshlar innovatsiyasini qo‘llab-quvvatlash va raqamli gumanitar loyihalarni ilgari surishga oid takliflar bildirildi.

Xalqaro kongress Markaziy Osiyo xalqlarining ma’naviy birdamligi, hamjihatligi va ilmiy hamkorligini yuqori bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim bosqi vazifasini bajarishi shubhasiz.

D.Hakimov, N.Haydarov (surat), O‘zA