Toshkent Markaziy Osiyo vikianjumaniga mezbonlik qiladi
Anjuman 19—20 aprel kunlari Vikimedia jamg‘armasi homiyligi ostida o‘tkaziladi.
Ma’lum qilinishicha, anjuman O‘zbek tilida so‘zlashuvchi vikimediachilar foydalanuvchi guruhi, Diplomat International school, O‘zbekiston ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati hamda qo‘shni xalqlarga tegishli mahalliy foydalanuvchi guruhlarning o‘zaro hamkorligi asosida tashkil etilmoqda.
O‘zA