Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent manzaralari: kecha va bugun
12:30 / 2020-12-11

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi qoshidagi Toshkent muzeyida Toshkent Fotosuratlar uyi hamda O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi hamkorligida “Toshkent manzaralari: kecha va bugun” nomli ko‘rgazma tashkil etildi.

Dunyoda shunday shaharlar borki, ular nafaqat qadimiy tarixi, murakkab va shonli rivojlanish yo‘li, balki ming yillar davomida bajarib kelgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy vazifasi bilan  avvalo, o‘z xalqi, qolaversa, butun bashariyat hayotida har tomonlama chuqur iz qoldirgan hamda milliy iftixor va taraqqiyot ramziga aylangan. Hech shubhasiz, ularning orasida poytaxtimizning o‘rni va ahamiyati beqiyos.

Zamonaviy Toshkentning me’morchiligi, tasviriy va amaliy san’ati, ularning kecha va bugunini keng ommaga ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan ko‘rgazmada poytaxtning mahobatli binolari, zamonaviy va tarixiy katta-kichik ko‘chalari, odamlari, mehmonlarining madaniy xordig‘i hamda XX asrdagi manzaralari tasvirlangan tarixiy foto hujjatlar namoyish etildi.  

Gulnoza BOBOEVA, O‘zA