Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Toshkent kuzi”: yosh shaxmatchilarga salohiyatini sinovdan o‘tkazish uchun muhim qadam
11:59 / 2025-10-14

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida kecha “Toshkent kuzi” xalqaro musobaqasining ilk tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalar boshlanishi oldidan tashkil etilgan ochilish marosimida ishtirok etgan O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari Komil Sindorov “Toshkent kuzi” bahslari yosh iste’dodlar uchun o‘z salohiyatini sinovdan o‘tkazish, tajribali raqiblar bilan kuch sinashish va yuqori bosqichga chiqish sari muhim qadamlardan biri ekanligini e’tirof etdi.  

Bundan tashqari, ushbu turnir mamlakatimiz yoshlari orasidan mahoratli “aql gimnastikasi” sohiblarini aniqlash, ularni yangi g‘alabalar sari ilhomlantirish maydoni bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.  

Uchta guruhda kechayotgan bahslarda Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya va mamlakatimizning 250 nafardan ziyod shaxmatchilari qatnashmoqda.  

Xalqaro turnirning “A” guruhida mamlakatimizning 10 nafar iqtidorli shaxmatchisi dona surayotgan bo‘lsa, “B” guruhida 133 nafar, “S” guruhida 119 nafar ishtirokchi o‘z omadini sinovdan o‘tkazmoqda.  

Kecha “A” guruhining 1-tur o‘yinlarida 1 ta uchrashuvda durang qayd etilgan bo‘lsa, 1 ta uchrashuvda oq donalarda, 3 tasida qora donalardagi shaxmatchilar g‘alabaga erishdi.  

Bugun, 14 oktyabr kuni “Toshkent kuzi” musobaqasining 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.    

9 ta turdan iborat turnir bahslari 19 oktyabrga qadar davom etadi.  

T.Ro‘ziyev, O‘zA