Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Toshkent kuzi” shaxmat turniri yakunlandi
12:56 / 2021-10-14

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida an’anaviy “Toshkent kuzi” reyting turniri nihoyasiga yetdi.

Mamlakatimizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan 200 nafarga yaqin shaxmatchi musobaqada ikki guruhga bo‘lingan holda ishtirok etdi.

Bahrom Bahrillayev, Georgiy Shvanov, Hadiyatillo Muhammedov, Abdumalik Xalilov, Saidxon Ashikmamutov, Afruzbek Sobirov, Maftuna Bobomurodova, Munisa Tuxbatullayeva, Alina Yunusova, Shirina Sobirova kabi shaxmatchilar turnirning g‘olib va sovrindorlari sifatida e’tirof etildi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan diplom, esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

[gallery-4255]

Muhammad AMIN (surat), O‘zA