“Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro konferensiya davom etyapti.
Yuqori darajadagi anjumanga tashrif buyurgan taniqli xorijiy ekspertlarning mavzuga oid ma’ruzalari qismida AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tomas Vest, jumladan, shunday dedi:
– Toshkent forumi platformasi Afg‘oniston muammosiga doir eng dolzarb masalalarni muhokama qilish va hal etish uchun qulay imkoniyat yaratdi. Negaki, jahon hamjamiyati Afg‘oniston Muvaqqat hukumatining terrorizmga qarshi samarali kurash olib borishidan manfaatdor.
Vashington afg‘on iqtisodiyotini barqarorlashtirishga yordam berishga sodiq. Xalqaro hamkorlar qat’iy sa’y-harakat orqali mamlakatda og‘ir gumanitar inqirozning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda.
AQSH o‘tgan yil avgustdan buyon 1 milliard dollar ajratgan mamlakat sifatida Afg‘onistonga eng yirik gumanitar yordam donori bo‘lib qolmoqda. Markaziy bank Afg‘oniston hukumati bilan muzlatib qo‘yilgan davlat mablag‘lari masalasida ham ish olib borilyapti.
B.Xudoyberdiyev,
U.Mahmirzayev,
N.Haydarov (surat), O‘zA