Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent kinofestivalining xorijdagi e’tirofi
17:33 / 2023-10-06

Marokashning “Tong” (Assabah) gazetasi sahifasida “Ipak yo‘li durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivali haqida maqola e’lon qilindi.

Muallif “Tinchlik, ma’rifat va taraqqiyot uchun” shiori ostida o‘tkazilgan bu galgi anjumanda jahonning 50 dan ziyod davlatidan 300 nafarga yaqin iste’dod egalari qator xalqaro tashkilotlar vakillari ham ishtirok etganini ta’kidlagan.

Festival doirasida xorijiy mamlakatlar kino kunlari tashkil etilishi, Osiyo qit’asi va qadimiy Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan davlatlar yosh ijodkorlarining qisqa ­metrajli filmlari, xalqaro kinofestivallar svorindorlari ishtirokida dunyoning sara san’at asarlari namoyish qilinishi madaniyatlararo muloqotni, jahon kino sanoati vakillari bilan hamkorlik rishtasini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi,  deydi rejissyor Idris Al-Mariniy. – Kinofestival doirasida o‘zbek kinematografiyasini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilgan ishlar, yuz berayotgan ko‘plab ijobiy ўзгариш­лар xalqaro jamoatchilik, jahon kinosining atoqli vakillari tomonidan ­e’tirof etildi.

Darvoqe, Idris Al-Mariniyning asari mazkur kino ajumani o‘n beshinchi sessiyasi doirasida namoyish etildi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA