Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent kimyo-texnologiya institutida talabalar uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan?
19:53 / 2023-06-05

Milliy matbuot markazida Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul jarayonlariga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda institutda talabalar yetarlicha bilim olishlari uchun amalga oshirilayotgan islohotlar, chet el oliy ta’lim muassasalari bilan o‘rnatilayotgan hamkorliklar, bitiruvchilarni sifatli ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berildi.

– Institutimizda 2022-2023 o‘quv yilida 170 ga yaqin korxona bilan amaliy shartnomalar imzolandi, – deydi rektor Botir Usmonov. – 5 ta “O‘zbekneftgaz” AJ tarkibidagi yirik korxonada 400 dan ortiq talabaning amaliyoti tashkil qilindi. Hokimliklar bilan hamkorlikda 13 nafar talaba yoshga 45 mln. so‘m miqdorida kontrakt, 1059 nafar ijarada yashovchi talabaga 2 mlrd. 213 mln. so‘m miqdorida ijara pullari to‘lab berildi. 25 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan talaba 124.2 mln. so‘m miqdorida rag‘batlantirildi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, institutda iqtidorli talabalar uchun alohida stipendiyalar to‘lash yo‘lga qo‘yilgan. Yaponiyaning MITSUBISHI korporatsiyasi 2022 yilning fevral oyida 15 nafar talabaning har biriga 3,3 mln. so‘m miqdorida stipendiya taqdim etgan.

Shuningdek, tadbirda kredit-modul tizimi, talabalarning ish bilan ta’minlanishi, qabul jarayonlari bilan bog‘liq jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

 

N.Rahmonova, O‘zA