Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent issiqlik elektr markazi tender oʻtkazadi
18:47 / 2020-02-17

Loyihada har birining quvvati 27 MVtga teng boʻlgan ikkita yuqori samarali gaz trubina qurilmasining (GTQ) qurilishi koʻzda tutilgan.


“Toshkent issiqlik elektr markazi” aksiyadorlik jamiyati ikkita gaz trubinali qurilmani toʻliq qurish boʻyicha pudratchilarning dastlabki malakalanishini oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

Loyihada har birining quvvati 27 MVtga teng boʻlgan ikkita yuqori samarali gaz trubina qurilmasining (GTQ) qurilishi koʻzda tutilgan.

Bu ishlar oʻz ichiga batafsil loyihalashtirish, materiallar va uskunalarni yetkazib berish, taklif qilingan ishlarni bajarish va uskunalarni montaj qilish, foydalanishga topshirish, sinovdan oʻtkazish va sinov tarzida ishga tushirish, shuningdek bugʻ ishlab chiqaruvchi gaz trubinasi atrofidagi mahalliy xodimlarni oʻqitishni qamrab oladi.

Loyiha Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligidan (“JICA”) olingan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.

Malakalashdan avvalgi yigʻin 2020-yil 14-fevralda Yaponiyaning OPR qarzlari doirasida xaridlar taomillarga muvofiq oʻtkaziladi hamda Malakalashdan avvalgi hujjatlarda belgilanganidek, huquqiy mamlakatlarning barcha arizachilari uchun ochiqdir.

Tenderning oʻtkazilishi 2020-yilning mayiga moʻljallangan.

Energetika vazirligining matbuot xizmati