Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Toshkent Indeks”dagi talabalar majburan chiqarilmaydi
09:04 / 2023-01-27

“Toshkent Indeks”dagi talabalarni ayrim oliy ta’lim muassasalari tomonidan yotoqxonalarga ko‘chirilayotgani ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.

Xabaringiz bor, joriy o‘quv yili boshida “Toshkent Indeks” savdo majmuasida talabalar vaqtincha turishlari uchun sharoit yaratilgan edi. O‘tgan davr mobaynida aksariyat oliy ta’lim muassasalari tomonidan talabalar turar joylarida qo‘shimcha yotoq o‘rinlari yaratilib, ko‘chish istagini bildirgan talabalar ko‘chirib o‘tkazildi.  

Shu kunlarda esa sovuq havo haroratida majmua yetarli sharoitga ega emasligi bois, ko‘chirish ishlari oliy o‘quv yurtlari talabalar turar joylarida ko‘proq qo‘shimcha bo‘sh o‘rinlari yaratilishi, aksariyatida yangi yotoqxonalar barpo etilishi hisobiga yanada jadallashdi.

Bunda “Toshkent Indeks”da qolishni xohlovchi talabalarni majburan chiqarib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ma’lumot o‘rnida, birgina Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ikki qavatli yotoq o‘rni tashkil etish hisobiga qo‘shimcha 139 o‘rinli, Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan Oqtepa pedagogika kolleji talabalar turar joyida yangi 300 o‘rinli joy yaratilgan.  

Shu kabi boshqa oliy ta’lim muassasalari ham hozirda ichki imkoniyatdan kelib chiqib, qo‘shimcha o‘rinlar hozirlagan. Bundan tashqari, Toshkent davlat stomatologiya institutida 400 o‘ringa mo‘ljallangan yangi yotoqxona qurib, foydalanishga topshirildi.

 

O‘zA