English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Toshkent IES” AJ o‘z ish faoliyatini tizimli tiklamoqda
18:39 / 2022-01-25

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent IES” AJda energoblok bosimi ko‘tarilgani, u yerda yong‘in bo‘layotgani haqida yolg‘on xabar tarqatilmoqda.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ ushbu holat yuzasidan shuni ma’lum qiladiki, energoblok avtomatik ravishda himoya tizimini ishga tushishi natijasida o‘chganda, energoblok ishlash davrida ishlab chiqarilgan bug‘lar, qozon qurilmalarini himoya qilish maqsadida havoga chiqariladi. Bu tizimda normal texnologik jarayon hisoblanadi.

Ayni paytda, “Toshkent IES” AJda elektr energiyasini ishlab chiqarish va energobloklarni yagona tizimga ulash bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar olib borilmoqda.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati.