Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Toshkent huquq bahori” xalqaro yuridik forumida qanday masalalar ko‘rib chiqiladi?
17:49 / 2025-05-21

Joriy yilning 29-30 may kunlari O‘zbekistonda to‘rtinchi bor “Toshkent huquq bahori” (“Tashkent Law Spring”) xalqaro yuridik forumi bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan AOKAda Adliya vazirligi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. 

2019 yildan buyon har ikki yilda bir marotaba tashkil etib kelinayotgan ushbu forum bugungi kunga kelib Markaziy Osiyoda huquq va biznes sohasidagi eng muhim platformalardan biriga aylangani qayd etildi. 

“Raqamli texnologiyalar davri: kelajakka huquqiy nazar” – forumning asosiy mavzusi sifatida tanlagan. 

Forumda zamonaviy raqamli texnologiyalar, xususan, sun’iy intellekt va uning huquqiy sohalarga tatbiq etilishi, raqamli tartibga solishning istiqbollari kabi dolzarb masalalar muhokama qilinadi. 

Forumda 40 dan ortiq davlatdan adliya vazirlari, tartibga soluvchi organlar vakillari, yirik xalqaro huquqshunoslar, Legal Tech sohasining yetakchi ekspertlari, IT mutaxassislar hamda biznes vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. 

Asosiy tadbirlarda biri – eksklyuziv insaytlarda raqamli tartibga solish bo‘yicha global yetakchilar tomonidan zamonaviy tendensiyalar tahlil qilinadi.

Master-klasslarda sud ekspertizasi, mediatsiya, arbitraj va korrupsiyaga qarshi nazorat masalalari yuzasidan ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashiladi.

Yoshlar forumida Toshkent davlat yuridik universitetida yosh huquqshunoslar va talabalar ishtirokida huquqni raqamlashtirish istiqbollari muhokama qilinadi. 

Forum xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, huquqiy innovatsiyalar almashinuvi va zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan huquqiy tizim barpo etishda muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

N.Abduraimova, O‘zA