Toshkent hayvonot bog‘iga kirish chiptalari uchun narxlar oshiriladi
Toshkent hayvonot bog‘i axborot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yil 1 apreldan Toshkent hayvonot bog‘iga kirish chiptalari uchun narxlar oshiriladi.
Hayvonot bog‘iga kirish chiptasining narxi oshishining sababi, jonivorlarning ozuqasi narxining oshishi bilan bog‘liqligi aytilmoqda. Xabarda qayd etilishicha, oshib borayotgan narxlar sabab, bularning barchasi katta xarajatlarni talab qiladi. Shu sabab biz uzoq o‘ylanishlardan so‘ng kirish chiptalari narxini biroz ko‘tarishga qaror qilingan. Bu qaror, shuningdek, jonivorlar ozuqasi narxining oshishi bilan ham bog‘liq.
Imkoniyati cheklanganlar va 7 yoshdan kichik bo‘lgan bolalar uchun kirish bepul. Xizmatni o‘tayotgan harbiylar, nafaqadagi fuqarolar va 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kirish chipta narxi 20 ming so‘m. 16 yoshdan kattalar uchun esa 35 ming so‘m etib belgilandi.
O‘zA