Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent havosining ifloslanishiga qarshi keskin choralar (+video)
14:42 / 2025-11-25

Kunlar sovushi bilan Toshkent havosining yuqori darajada ifloslanishi va buning oqibatida inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ko‘payishi xalqimizning jiddiy e’tiroziga sabab bo‘layotgan edi. Shuni inobatga olib, shu yilning 24 noyabr kuni Davlatimiz rahbarining “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonda atmosfera havosini ifloslanishining oldini olishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar belgilangan bo‘lib,  ekologik vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzildi va ular joylarda kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan faoliyat boshladilar.  

Jumladan, Toshkent viloyatining Zangiota va Yangiyo‘l tumanining poytaxtga tutash hududlarida huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining hamkorlikdagi sa’y-harakati bilan bir qancha ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ob’ektlar aniqlandi va bartaraf etildi.

Tungi reyd davomida Yangiyo‘l tumanida antiqa qurilmalarga duch keldik. Daraxt kundalaridan ko‘mir tayyorlayotgan tadbirkor yaqinda ishni tashkil qilganman, degani bilan hech qanday hujjatsiz, ekologiyaga ziyon yetkazuvchi bu korxonada ish qorong‘u tushishi bilan avjiga chiqar ekan. Qo‘lbola uskunalardan chiqayotgan zaharli tutun Yangihayot va Sergeli tumaniga havo yo‘llari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilayotgani, tozalash uskunalarining mavjud emasligi korxonaning yopilishiga va jarima choralari ko‘rilishiga sabab bo‘ldi.  

Joylarda huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining hamkorlikdagi reyd tadbirlari davom etmoqda.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/XnsxnA5XjuE" title="Toshkent havosining ifloslanishiga qarshi keskin choralar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, O‘zA