French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent Gran-prisida barcha gʻoliblar nomi maʼlum boʻldi
21:20 / 2019-09-23

Poytaxtimizdagi koʻp tarmoqli “Humo arena” muz saroyida dzyudo boʻyicha Gran-pri turkumiga kiruvchi xalqaro turnir yakunlandi.


Poytaxtimizdagi koʻp tarmoqli “Humo arena” muz saroyida dzyudo boʻyicha Gran-pri turkumiga kiruvchi xalqaro turnir yakunlandi.

Dunyoning 71 mamlakatidan 500 ga yaqin mohir dzyudochilar gʻoliblik bilan bir qatorda kelasi yili Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan Olimpiya oʻyinlarining muhim reyting ochkolari uchun kurash olib bordi.

Musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Sharofiddin Boltaboyev va Xikmatulloh Toʻrayev barcha raqiblarini yengib oltin medalni qoʻlga kiritdi. Finalgacha boʻlgan bellashuvlarda qoʻli baland kelgan Bekmurod Oltiboyev, Kamoliddin Rasulov va Gulnoza Matniyozova kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, turnirning bronza medali Sardor Nurillayev va Diyorbek Oʻrozboyevga nasib etdi.

Toshkent Gran-prisining barcha gʻoliblari 700 reyting ochkoni qoʻlga kiritgan boʻlsa, kumush medal egalari 490, bronza medali bilan taqdirlangan dzyudochilar esa 350 ochkoga ega boʻldi. Shuningdek, 5-oʻringa 252, 7-pogʻonadan joy olganlarga 182 ochko taqdim etildi.

– Musobaqada gʻalaba qozonganimdan xursandman, – deydi X.Toʻrayev. – Tajribali polvonlar bilan bahslashish oson kechmadi. Murabbiylarimning toʻgʻri koʻrsatmalari, gʻalabaga boʻlgan intilishim menga oltin medalni keltirdi. Nasib qilsa, Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritib, unda mamlakatimiz sharafini himoya qilaman.

Uch kun davom etgan Toshkent Gran-prisida terma jamoamiz 2 tadan oltin va bronza hamda 3 ta kumush medalni jamgʻargan holda umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi. Turnirda Rossiya terma jamoasi 5 ta oltin, 2 ta kumush medal bilan birinchi, 2 tadan oltin va bronza medal bilan Avstriya terma jamoasi uchinchi oʻringa sazovor boʻldi.

11.jpg