Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent – dunyoning yashash arzon shaharlaridan biri
15:34 / 2024-08-09

O‘zbekiston poytaxti Toshkent jahonning yashash arzon shaharlaridan biri sifatida e’tirof etildi. Toshkent “Numbeo” portali e’lon qilgan, 218 eng qimmat shahar kiritilgan ro‘yxatda 201-o‘rinni egalladi.

Poytaxtimiz Olmaota, Ostona va Bishkekdan keyin Markaziy Osiyoning to‘rtinchi qimmat shahri bo‘lib qolmoqda.

Har olti oyda chop etiladigan reyting to‘rt kishilik oila uchun yashash narxining turli jihatlarini aks ettiruvchi bir necha asosiy me’yorga nisbatan tuziladi.

Keng qamrovli baholash uchun qo‘llanadigan “yashash qiymati indeksi” oziq-ovqat, restoran, transport va kommunal xizmatning nisbiy narxini ko‘rsatadi. Bunda ijara yoki ipoteka qiymati kabi yashash xarajati hisobga olinmaydi.

Joriy yil eng qimmat shahar maqomini 101,7 ball bilan Jeneva (Shveysariya) egalladi. Ushbu davlatning yana bir shahri Syurix ikkinchi o‘rinda – 100,4 ball. Keyingi o‘rinlarni Nyu-York, San-Fransisko va Boston band qilgan.

Eng arzon shaharlar Pokiston va Hindistonda ekan: Karachi – 19, Lahor -19,1 va Kalkutta – 21,1.

Sh. Mamaturopova, O‘zA