“Toshkent dengizi”da o‘tkazilgan "reyd" tadbirlarida “brakon'erlar” ushlandi (+video)
Joriy yilning 14 mart kuni tungi vaqtda hamda 15 mart kuni kunduzgi vaqtda Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida joylashgan Tuyabo‘g‘iz suv ombori, ya’ni xalq tilida “Toshkent dengizi” deb yuritiladigan suv havzasida baliqlarning noqonuniy ovlanishi bo‘yicha reyd tadbirlari o‘tkazilgan.
Natijada, ushbu suv havzasida baliqlarning noqonuniy ov qurollari orqali ovlangani ma’lum bo‘lgan.
Ogohlantirishlarga qaramay, “brakon'erlar”ning ushbu yashirin va ochiqdan-ochiq ov qilishlari ko‘plab hayvonlarning keskin kamayishi, ba’zilarining butunlay yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘ladi. Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida, Tabiat resurslari vazirligi, Milliy gvardiya hamda hududiy IIBB tomonidan hamkorlikdagi “reyd” tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
<iframe width="1519" height="585" src="https://www.youtube.com/embed/23cJdA0N7co" title="“Tashmore”da o‘tkazilgan "reyd" tadbirlarida “brokonerlar” ushlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, O‘zA