Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent davlat yuridik universiteti ISO 37001:2016 xalqaro standarti sertifikatini qo‘lga kiritdi
18:10 / 2024-05-07

ISO 37001:2016 – tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratishning xalqaro usullarini o‘zida jamlagan, korrupsiyaga qarshi mukammal boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladigan xalqaro standart.

Bu standart korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini ishlab chiqish, joriy etish, qo‘llab-quvvatlash, tahlil qilish va takomillashtirish uchun talab va ko‘rsatmalarni belgilaydi. 

Hozirgi kunda bu sertifikatni mamlakatimizdagi 50 dan ortiq vazirlik va idora qo‘lga kiritgan. 

Ta’lim tizimida esa bu sertifikatni ilk bor Toshkent davlat yuridik universiteti qo‘lga kiritdi. 

Endilikda mazkur universitetning faoliyati Korrupsiyaga qarshi kurash menejmenti tizimining xalqaro standartlarga muvofiqligini bildiradi. O‘z navbatida, bu ta’lim dargohiga barcha darajalardagi boshqaruv apparatiga shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash yuzasidan katta mas’uliyatni yuklaydi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti rahbariyati hamda sertifikatlashtirish organi xodimlari ishtirokida ushbu sertifikatni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur sertifikatni qo‘lga kiritish masalasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida imzolangan memorandum va chora-tadbirlarda ko‘zda tutilgan edi. 

O‘tgan davr mobaynida Agentlik tavsiyalari va uslubiy ko‘magi natijasida universitetda standart talablari bajarildi va ijobiy natijaga erishildi. 

N.Abduraimova, O‘zA