Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda
13:02 / 2022-03-12

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Jazoir Xalq demokratik Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Nosir Busherit bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Nosir Busherit  O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi islohotlarga yuqori baho berib, hozirda Jazoir elchixonasi uchun O‘zbekiston OTMlari bilan ta’lim sohasidagi aloqalarni rivojlantirish muhimligi hamda bu jarayonda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti alohida ahamiyatga molikligini qayd etdi.

 Elchi suhbat davomida Jazoir oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga to‘xtalib, ular Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bilan arab tili va adabiyoti, tarix, siyosatshunoslik, islom falsafasi kabi sohalarda hamkorlik o‘rnatishi mumkinligini bildirdi.

TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva elchiga universitet faoliyati, arabshunoslik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda xorijdagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari haqida ma’lumot berib, universitetda o‘tkazilishi rejalashtirilgan turli xalqaro darajadagi ta’lim va ilmiy tadbirlarda Jazoir oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etishlari mumkinligini ta’kidladi.

Fayzullo Yahyoyev, O‘zA