Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent davlat pedagogika universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi
15:13 / 2020-09-03

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 2020/2021 oʻquv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida 2020/2021 oʻquv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

Universitet qabul komissiyasidan maʼlum qilishicha, abituriyentlar uchun qator qulayliklar, jumladan kasbiy (ijodiy) imtihon dasturi, tavsiyalar va imtihon natijalari bilish uchun tdpu.uz/kasbiy veb-sahifasi ham yaratilgan.

Imtihonlar oʻtkazilishidan uch kun oldin abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish vaqtida koʻrsatgan telefon raqamiga SMS xabarnoma yuborilib, ularga imtihon oʻtkazish sanasi, joyi va vaqti, guruh raqami maʼlum qilingan.

Xolislik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida har bir imtihon oʻtkazish joyi kuzatuv kameralari bilan jihozlandi va ota-onalar uchun farzandlarining imtihon topshirish jarayonini ijodiy/tdpu.uz sahifasi orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.

Bundan tashqari, har bir abituriyent normativ hujjatlarda belgilanganidek ichimlik suvi, tibbiyot niqobi va qoʻlqopi bilan taʼminlanmoqda.