Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Toshkent-Chimyon” avtomobil yo‘lida pastlikka tushib ketgan avtobus bo‘yicha ma’lumot berildi
16:28 / 2019-09-23

Avtobus 2016 yilda ishlab chiqarilgan, texnik soz.


Joriy yilning 22 sentabr kuni soat taxminan 15.30 larda Toshkent shahar, ”EASY GO TRANS” MChJga tegishli bo‘lgan “GOLDEN DRAGON” rusumli, U.A boshqaruvidagi davlat raqam belgisi 01039 NEA bo‘lgan avtobusida Hindiston davlatining 20 nafar turistlari bilan “Toshkent-Chimyon” avtomobil yo‘lining 81 km.da yo‘lning o‘ng chetidagi avtotransportlar turargohida to‘xtagan.

O‘z navbatida, mazkur avtobus haydovchisiz va yo‘lovchilarsiz bo‘lgan va uzatmalar qutisi neytral holatda turgan vaqtida, o‘z-o‘zidan qo‘zg‘alib ketishi natijasida haydovchisiz harakatlanib, taxminan 30-40 metrlar yurib, qatnov yo‘lining o‘ng tomonidagi 10 metr pastlikka tushib to‘xtab qolgan.

Avtobus 2016 yilda ishlab chiqarilgan, texnik soz. Toshkent shahar Transport boshqarmasi tomonidan litsenziya varaqasi berilgan.

Mazkur holat natijasida, hech kim tan jarohati olmagan avtobus texnik shikastlangan bo‘lib, qisqa muddatlar ichida uni chiqarish choralari ko‘rilgan.

Toshkent viloyati IIBB YHXB Matbuot xizmati