Toshkent – Budapesht havo qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston va Vengriya poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri avia reys yo‘lga qo‘yiladi.
Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent – Budapesht havo qatnovi “Qanot Sharq” avia kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ilk parvoz joriy yil 20 avgust kuni amalga oshiriladi. Mazkur yo‘nalish uchun “Airbus A320” samolyotlari ajratilgan.
O‘zA