English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent Botanika bog‘i noyob ilmiy-unikal ob’ektdir
14:17 / 2023-10-07

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi — project.gov.uz portalida Vazirlar Mahkamasining «Istirohat bog‘lari faoliyati va boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Loyihaga ko‘ra, Toshkent Botanika bog‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi huzuridagi «Istirohat bog‘larini boshqarish direksiyalari» davlat muassasasi balansiga o‘tkazilishi belgilangan. 

O‘zbekiston Respublikasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N.Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘i noyob ilmiy-unikal ob’ekt hisoblanadi.

Shu sababli, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Botanika bog‘ini Vazirlar Mahkamasining «Istirohat bog‘lari faoliyati va boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida"gi qarori loyihasidan chiqarish hamda unga Milliy bog‘ maqomini berish orqali nufuzini va muhofazasini kuchaytirish kerak deb hisoblaydi.

Mazkur masala bo‘yicha partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi nomidan Hukumatga deputatlik so‘rovi yuborildi.

M.Toshqorayeva tayyorladi.
O‘zA