Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent bosqini: haqiqat va uydirmalari … (+video)
14:02 / 2025-06-26

Bundan 160 yil burun – 1865 yil iyun oyida bobo-momolarimiz Toshkentda Rossiya imperiyasi harbiy kuchlariga qarshi jon olib, jon berayotgan edilar. Turkistonning eng keksa va muhim harbiy-siyosiy, iqtisodiy markazlaridan sanalmish shaharni qo‘lga kiritishni 1864 yil 1 oktyabrda boshlagan yovuz dushman 1865 yil 29 iyunida o‘z qabih niyatiga erishgan – to‘qqiz oy deganda Toshkentni egallagan.

Istiqlol yillarida ham mazkur o‘ta muhim masalaga to‘liq ilmiy va adolatli baho berilmagani sharoitida ushbu yo‘nalishda chuqur izlanishlar olib borish, yangi manbalar asosida ilmiy xulosalar chiqarish va ularni keng jamoatchilikka yetkazish zaruriyati hozirda har qachongidan kuchliligini ko‘rsatmoqda.

Fanlar akademiyasi Tarix institutida “Toshkent bosqinining 160 yilligi: haqiqat va uydirmalar” ilmiy yig‘ini o‘tkazilishidan bosh maqsad ham bu borada yig‘ilib qolgan fikr-mulohazalar, so‘nggi yillarda qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar, mavzu manbashunosligi, yangicha (xolis) ilmiy yondashuvlar bo‘yicha qarashlar, muammolarni o‘rtaga tashlashdan iboratdir.

Tadbir so‘nggida bo‘lib o‘tgan savol-javoblar, tortishuvlar bugungi tadbir o‘z vaqtida uyushtirilgani, bu boradagi fikrlar almashuvini davom ettirish zarurligini ko‘rsatdi. “Toshkent bosqinining 160 yilligi: haqiqat va uydirmalar” ilmiy yig‘inida bildirilgan ilmiy qarashlar, fikrlar xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni tarixiy bilimlar bilan qurollantirish, yurt uchun kuyunib yashash, tinchlik-osoyishtalik, ozodligimizni ko‘z qorachig‘idek qo‘riqlashdek muqaddas burchni bajarishga xizmat qiladi degan umiddamiz.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/UfpkF2YMwxk" title="Toshkent bosqini: haqiqat va uydirmalari …" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, U.To‘xtayev (video), O‘zA