Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Toshkent" bolalar xokkey klubining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi
11:50 / 2021-09-02

FOTOREPORTAJ

 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik bayramining 30 yilligi arafasida “Humo Arena” ko‘p tarmoqli muz saroyida “Toshkent” bolalar xokkey klubining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

 40 nafardan oshiq xokkey ixlosmandlarini o‘z safida birlashtirib turgan jamoada 7 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanib kelmoqda. Hali respublikadan tashqari biror turnirlarda ishtirok etishmagan bo‘lishsada, rejalari katta. Eng muhimi, bolalarda sportga, xokkeyga bo‘lgan ishtiyoq kuchli.

[gallery-3737]

 Taqdimot marosimida xokkey mutaxassislari bilan birga bolalar, ularning ota-onalari, qiziquvchilar muz kortiga jam bo‘ldi. Turli yoshdagi bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarda “Eng yaxshi o‘yinchi”,  “Eng yaxshi hujumchi”, “Eng yaxshi himoyachi”, “Eng yaxshi darvozabon” kabi nominatsiyalarda Damin Fatxiyev, Miloslav Damirov, Amir Isxakov, Ilmar Xamzin,  Serafim Gaklkin, Matvey Ilyasov, Danis Xashimov, Matvey Papijuk, Vladimir Veselov, Amal Shangarayev, Sergey Raxmanov kabi yosh xokkeychilar e’tirof etildi.

 

 

Muhammad AMIN (surat), O‘zA