Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Toshkent bahori» qizg‘in pallaga kirdi
22:09 / 2025-04-19

FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi xalqaro shaxmat akademiyasida an’anaviy «Toshkent bahori» reyting turniri davom etmoqda.

6 turdan so‘ng, Jo‘rabek Ibodullayev 6 imkoniyatdan 6 ochko jamg‘argan holda, yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Keyingi o‘rinlarda 5 ochko to‘plagan 3 shaxmatchi – Botir Abdurahimov, Liliya Belaya, Zafar Tolipovlar bor. Reyting darajasiga ko‘ra boshqa bir guruhdan o‘rin olgan Sultonhusain Bobojonov 6 imkoniyatdan 5,5 ochko jamg‘ara olgan va o‘z guruhida peshqadamlik qilyapti. Jamoliddin G‘ayratov hisobida ham 5,5 ochko mavjud. Azamat Tojiyev bilan Farruh Komiljonov 5 ochko bilan keyingi o‘rinlarni band qilib turibdi.

[gallery-22906]

«Toshkent bahori» turnirining g‘olib va sovrindorlari 21 aprel kuni ma’lum bo‘ladi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA