Toshkent bahori davom etmoqda (foto)
Shaxmatga ixtisoslashtirilgan respublika bolalar va o‘smirlar sport maktabida an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Toshkent bahori” turniri davom etmoqda.
Shaxmatga ixtisoslashtirilgan respublika bolalar va o‘smirlar sport maktabida an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Toshkent bahori” turniri davom etmoqda.
Kecha turnirning 5-turi tugadi. Unga ko‘ra, “A” guruhida 5 imkoniyatdan 4,5 ochko jamg‘argan Olmos Rahmatullayev (Toshkent viloyati) peshqadamlik qilmoqda. Olmos bugun 6-turda jizzaxlik Rahmonqul Sulaymonov bilan dona suradi. Guruhda Rahmonqul kabi sportchilardan 10 nafari 4 ochkodan to‘plagan. “B” guruhida Oqjo‘l Rahmatullayev (Toshkent viloyati) va Alixon Avazxonov (Toshkent shahri)lar hisobida 5 tadan ochko bor. Mazkur turda bu ikki peshqadam g‘oliblik imkoniyatlarini saqlab qolish uchun o‘zaro bellashadi. Rustam Erkinov (Farg‘ona) 4,5 ochko bilan keyingi o‘rinni egallab turibdi. Guruhda 5 nafar shaxmatchi 4 tadan ochko to‘plagan.
Musobaqa 12 aprelga qadar davom etadi.