Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida xakaton bo‘lib o‘tadi
16:55 / 2024-05-15

21-23-may kunlari Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida United Clean Coders xakatoni bo‘lib o‘tadi.

Xakatonning birinchi kunida tashkilotchilar ishtirokchi jamoalar va ularning loyihalari bilan tanishadi. Keyingi ikki kun minimal hayotiy mahsulotni yaratishga bag‘ishlanadi.  

Tadbir mazkur universitet tomonidan tashkil etilayotgan Bright Future tanlovlari turkumidan joy olgan. Xakatonda yurtimizning barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etishlari mumkin.  

Unda qatnashish uchun  uch nafar kishidan iborat jamoat tuzilib, anketa to‘ldirish va yuborish kerak. Jamoalarni ro‘yxatga olish 20-mayga qadar davom etadi.    

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA